«Real» bosh murabbiyiga aylangan Joze Mourinio dunyodagi eng yaxshi futbol klubi qaysi ekanini aytib o‘tdi.
«Real» — dunyodagi eng yaxshi klub. «Barselona»ga kelsak, ular «qaymoqranglilar»dan keyingi eng yaxshi jamoalardan biri», — deya Mourinioning so‘zlarini keltiradi Madrid Zone.
Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik murabbiy iyun oyining birinchi yarmida «qirollik klubi»ga qaytgandi. Joze madridliklar bilan 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan uzoq muddatli shartnoma imzolagan.
Ma'lumot o‘rnida, Mourinio 2025/2026 yilgi mavsumda Lissabonning «Benfika» klubida faoliyat yuritgan edi.