Bugun
6
O'zbek

Vinisius Ronalduning 16 yillik natijasini takrorladi

Futbol
25 iyun, 03:59
Braziliyalik hujumchi guruh bosqichidagi barcha bahslarda eng yaxshi futbolchi deb topildi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Vinisius Ronalduning 16 yillik natijasini takrorladi
Foto: Getty Images
24.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Shotlandiya Shotlandiya 0 : 3 Braziliya Braziliya

Braziliya milliy jamoasi hujumchisi Vinisius Junior JCH-2026 guruh bosqichida Krishtianu Ronaldu qayd etgan natijani takrorladi.

25 yoshli futbolchi Shotlandiyaga qarshi bahsda dubl qayd etdi. U bundan oldin Gaitiga qarshi o‘yinda gol va assist muallifi bo‘lgan, Marokash darvozasini ham bir bor ishg‘ol qilgandi.

Madrid Zone ma’lumotiga ko‘ra, Vinisius 2010 yildan buyon Jahon chempionatining guruh bosqichidagi milliy jamoasining uchala bahsida ham eng yaxshi futbolchi deb topilgan ilk «Real» vakiliga aylandi. Bunga qadar ushbu natijani faqat Krishtianu Ronaldu qayd etgandi.

Hozirda Vinisius JCH-2026 to‘purarlar ro‘yxatida 4 ta gol bilan Kilian Mbappe va Erling Holand bilan ikkinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi. Peshqadam Lionel Messi hisobida esa 5 ta gol bor.

Ma’lumot uchun, Braziliya milliy jamoasi guruh bosqichini 7 ochko bilan birinchi o‘rinda yakunlab, pley-off bosqichiga yo‘l oldi. Vinisius esa turnirning eng yaxshi futbolchisi va eng yaxshi to‘purari bo‘lish uchun asosiy da’vogarlardan biri sanalmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Shotlandiya Shotlandiya
  • Braziliya Braziliya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar