Bugun
6
O'zbek

Meksika pley-off yo‘lida ikkita tarixiy rekord o‘rnatdi

Futbol
25 iyun, 05:20
Mezbonlardan biri guruh bosqichini ideal natija bilan yakunladi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Meksika pley-off yo‘lida ikkita tarixiy rekord o‘rnatdi
Foto: Getty Images
24.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Chexiya Chexiya 0 : 3 Meksika Meksika

Meksika milliy jamoasi JCH-2026 guruh bosqichining so‘nggi turida Chexiyani 3:0 hisobida mag‘lub etib, pley-off bosqichiga yo‘l oldi hamda mamlakat futboli tarixidan o‘rin olgan ikkita rekordni qayd etdi.

FIFA rasmiy sayti ma’lumotiga ko‘ra, Meksika o‘z tarixida ilk bor Jahon chempionati guruh bosqichidagi uchala bahsda ham g‘alaba qozondi.

Bundan tashqari, meksikaliklar 1970 yildan buyon ilk marta guruh bosqichidagi barcha o‘yinlarda o‘z darvozasidan gol o‘tkazmadi.

Meksika milliy jamoasi A guruhini 9 ochko bilan birinchi o‘rinda yakunladi. Jamoa Janubiy Koreyani 1:0, JARni 2:0 va Chexiyani 3:0 hisobida mag‘lub etib, guruh bosqichini birorta ham gol o‘tkazmasdan yakunladi.

Ma’lumot uchun, JCH-2026 AQSH, Kanada va Meksikada o‘tkazilmoqda. Meksika turnir mezbonlaridan biri bo‘lib, pley-off bosqichiga guruh g‘olibi sifatida yo‘l oldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chexiya Chexiya
  • Meksika Meksika
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar