Bugun
6
O'zbek

Neymar: «Kiyinish xonasida yig‘ladim»

Futbol
25 iyun, 06:00
Braziliyalik yulduz JCH-2026dagi ilk o‘yinidan so‘ng his-tuyg‘ularini yashira olmadi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Neymar: «Kiyinish xonasida yig‘ladim»
Foto: Getty Images
24.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Shotlandiya Shotlandiya 0 : 3 Braziliya Braziliya

Braziliya milliy jamoasi hujumchisi Neymar JCH-2026dagi debyutidan keyin o‘z hissiyotlari bilan o‘rtoqlashdi.

33 yoshli futbolchi guruh bosqichining 3-turida Shotlandiyaga qarshi bahsning 76-daqiqasida Mateus Kunya o‘rniga maydonga tushdi. Uzoq tanaffusdan so‘ng mundialda yana o‘ynagan Neymar uchrashuvdan keyin ko‘z yoshlarini tiya olmaganini aytdi.

«Ha, kiyinish xonasida yig‘ladim. Xudoga shukr, yana mamlakatimga yordam bera olyapman. Bundan juda baxtliman», — deya Neymarning so'zlarini keltirdi Fabritsio Romano.

Braziliya milliy jamoasi Shotlandiyani 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Gollarga Vinisius Junior (2) va Mateus Kunya mualliflik qildi.

Ma’lumot uchun, Braziliya milliy jamoasi guruh bosqichini 7 ochko bilan birinchi o‘rinda yakunlab, pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Neymar esa jarohatdan tiklanganidan so‘ng JCH-2026dagi ilk o‘yinini aynan Shotlandiyaga qarshi bahsda o‘tkazdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Shotlandiya Shotlandiya
  • Braziliya Braziliya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar