Bugun
6
O'zbek

«Inter» Dimarko bilan yangi shartnoma imzolamoqchi

Futbol
25 iyun, 07:16
Milan klubi himoyachining kelajagini uzoq muddatga kafolatlamoqchi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
«Inter» Dimarko bilan yangi shartnoma imzolamoqchi
Foto: Getty Images

«Inter» himoyachi Federiko Dimarko bilan shartnomani uzaytirishga qaror qildi.

Insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, milanliklar avval futbolchining 2027 yilgacha mo‘ljallangan amaldagi shartnomasini 2028 yilgacha uzaytirish bandini faollashtirmoqchi.

Shundan so‘ng klub va futbolchi vakillari 2030 yil yozigacha amal qiladigan yangi bitim yuzasidan muzokaralarni boshlaydi.

28 yoshli himoyachi o‘tgan mavsum «Inter» safida barcha musobaqalarda 47 ta bahsda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 18 ta assist qayd etdi.

Ma’lumot uchun, Federiko Dimarko «Inter» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 50 million yevroga baholagan. Italiyalik futbolchi so‘nggi mavsumlarda Milan klubining asosiy yetakchilaridan biriga aylangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Inter Inter
Bugungi yangiliklar