«Yuventus» yozgi transferlar oynasida darvozabon xarid qilishni rejalashtirmoqda.
Tuttosport xabariga ko‘ra, turinliklar «Roma» posboni Mile Svilarni asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rib chiqmoqda.
Manbaga ko‘ra, rimliklar 26 yoshli darvozabonni 35–40 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.
Svilar 2022 yilda «Benfika»dan erkin agent sifatida «Roma» safiga qo‘shilgandi. Uning rimliklar bilan tuzgan shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar amal qiladi.
2025/26 yilgi mavsumda serbiyalik darvozabon barcha musobaqalarda 48 ta bahsda maydonga tushdi. U 44 ta gol o‘tkazib yubordi va 21 ta o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Ma’lumot uchun, Transfermarkt portali Mile Svilarning transfer qiymatini 35 million yevroga baholagan. So‘nggi mavsumdagi ishonchli o‘yini tufayli u A Seriyaning eng barqaror darvozabonlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda.