Bugun
6
O'zbek

JCH-2026. Oʻzbekistonning pley-offga chiqish imkoniyati hamon saqlanib qolmoqda

Futbol
25 iyun, 02:20
«Oq bo'rilar» faqatgina 3-oʻrin bilan keyingi bosqichga chiqishi mumkin.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
JCH-2026. Oʻzbekistonning pley-offga chiqish imkoniyati hamon saqlanib qolmoqda
Foto: UFA

Oʻzbekiston milliy jamoasining jahon chempionati pley-off bosqichiga chiqish imkoniyati hamon saqlanib qolmoqda.

Fabio Kannavaro bosh murabbiyligidagi jamoa guruhdan faqatgina 3-oʻrin bilan keyingi bosqichga chiqishi mumkin. Ayni vaqtda «oq bo'rilar» boshqa guruhlardagi 3-oʻrinni egallab turgan jamoalar ro'yxatida faqat Bosniya va Gertsegovinani ortda qoldira olmaydi.

Amalda esa qolganlarni ortda qoldirish uchun ushbu jamoalarning bari ochko yoʻqotishi yoki yutqazishi va oʻzbekistonlik futbolchilar yirik hisobda zafar quchishi kerak boʻladi.

3-oʻrinni egallab turgan jamoalarning soʻnggi turdagi oʻyinlari:

Yaponiya — Shvetsiya;

XorvatiyaGana;

Jazoir — Avstriya;

Paragvay — Avstraliya;

Kabo-Verde — Saudiya Arabistoni;

Yangi Zelandiya — Belgiya;

Kongo DROʻZBEKISTON;

Ekvador — Germaniya;

Senegal — Iroq.

JCH-2026. Ayni vaqtda guruhlardagi 3-oʻrinni egallab turgan jamoalar roʻyxati
Foto: Tribuna.uz

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar