Portugaliya milliy jamoasi himoyachisi Nunu Mendesh Oʻzbekistonga (5:0) qarshi Jahon chempionati bahsida jarima toʻpidan urgan goli haqida fikr bildirdi.
«PSJ» aʼzosi 17-daqiqasida toʻgʻridan toʻgʻri jarima zarbasidan Abduvohid Ne'matov darvozasini ishgʻol qildi. Toʻp oldida hujumchi Krishtianu Ronaldu ham turgandi.
«Biz buni mashq qilganmiz. Hamma jarima zarbasini Krishtianu tepadi deb kutadi. Buni yana takrorlash mumkin. Balki men bilan bu safar oʻxshamas, lekin boshqa oʻyinchilar bilan amalga oshishi mumkin.
Xursandmi. Juda diqqat bilan oʻynadik. Guruhda birinchi boʻlish uchun keyingi bahsga tayyorlanishimiz kerak.
Tanqid — futbolning bir qismi, bunga oʻrganib qolganmiz. Jamoada hamma bir-biriga yordam beradi. Biz bunga tayyormiz. Eng muhimi — oʻz gʻoyamizga va murabbiy bizdan nimani xohlayotganiga eʼtibor qaratish», — dedi Mendesh TVI’ga bergan intervyusida.
Mendesh Oʻzbekistonga urgani goli haqida: "Jarima zarbasini Ronaldu amalga oshiradi deb oʻylashdi"
Futbol
24 iyun, 15:05
Portugallar himoyachisi Ne'matov darvozasiga jarimadan toʻp kiritdi.
Foto: Getty Images
23.06.2026
FT
Jahon chempionati (JCH-2026)
Portugaliya
5
:
0
O‘zbekiston