Live
2
O'zbek

"Aston Villa" Bouen uchun kurashga qo'shildi

Futbol
24 iyun, 15:07
Emery angliyalik 29 yoshli futbolchini o'z jamoasida ko'rishni istaydi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
"Aston Villa" Bouen uchun kurashga qo'shildi
Фото: Getty Images

"West Ham" vingeri Jarrod Bouen faoliyatini "Aston Villa"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, klublar o'rtasida muzokaralar hozircha bo'lmagan. Shunga qaramay, birminghemiklar bosh murabbiyi Unai Emery angliyalik 29 yoshli futbolchini o'z jamoasida ko'rishni istaydi.

Shu bilan birga, "bolg'achilar" Chempionshipga tushib ketganiga qaramay, o'z yetakchisini qo'yib yubormoqchi emas.

O'tgan mavsumda Bouen barcha turnirlarda 42 ta o'yin o'tkazib, ularda 11 ta gol urdi hamda 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

"Aston Villa" esa o'tgan mavsumda APLda to'rtinchi o'rinni egalladi. Shuningdek, jamoa Yevropa ligasida g'olib chiqdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Aston Villa Aston Villa
  • Vest Hem Vest Hem
Bugungi yangiliklar