Madridning «Atletiko» klubi vingeri Tiago Almada faoliyatini Yaqin Sharqda davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Xerman Garsiya Grova xabar berdi.
Manbaga ko'ra, «Al Ahli» klubi braziliyalik 25 yoshli futbolchiga jiddiy qiziqmoqda. Klub «matraschilar»ga 26 million yevro miqdorida taklif bilan chiqishi kutilmoqda.
Almadaning o'zi kelajagi borasida 2026 yildagi jahon chempionatidan so'ng qaror qabul qilishni rejalashtirmoqda.
O'tgan yozda «Atletiko» Almadani Braziliyaning «Botafogo» klubidan 21 million yevro evaziga sotib olgan edi.
Shundan so'ng u klub safida barcha turnirlarda 40 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 2 ta assistni qayd etgan.