Live
2
O'zbek

Fernandesh Ronalduning dublidan so‘ng: «U — hujum chizig‘ida almashtirib bo‘lmas futbolchi»

Futbol
24 iyun, 13:15
Portugaliya yarimhimoyachisi O‘zbekiston bilan o‘yindan so‘ng jamoadoshini e’tirof etdi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Fernandesh Ronalduning dublidan so‘ng: «U — hujum chizig‘ida almashtirib bo‘lmas futbolchi»
Foto: Getty Images
23.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Portugaliya Portugaliya 5 : 0 O‘zbekiston O‘zbekiston

Portugaliya yarimhimoyachisi Brunu Fernandesh Oʻzbekistonga (5:0) qarshi JCH–2026 guruh bosqichi oʻyinida dubl qayd etgan jamoadoshi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.

«Sardorimiz uchun gol urish muhim edi. Biz uchun ham uning gol urishi muhim edi. U — hujum chizig‘ida almashtirib bo‘lmaydigan futbolchi. Biz uning muvaffaqiyatidan juda xursandmiz. Men to‘p kiritamanmi yoki boshqa birovmi — farqi yo‘q, eng muhimi, Portugaliyaning gol urishi.

Ko‘p gol urdik va bu bizga quvonch bag‘ishlaydi. Jamoadoshlarimni oldinga bosh­lash uchun shu yerdaman — bu mening o‘yin uslubimning bir qismi. Gol uramanmi-yo‘qmi, bu muhim emas. O‘z imkoniyatim kelishiga ishonaman va bu haqiqatan ham zarur bo‘lgan paytda sodir bo‘ladi»
, — deya Brununing so‘zlarini keltiradi ESPN.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar