Madridning "Atletiko" klubi "Roma" yarimhimoyachisi Manu Kone sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Corriere della Sera nashri xabar berdi.
Manba xabariga ko'ra, "matraschilar" fransiyalik 25 yoshli futbolchining transferi uchun 45 million yevro taklif qilgan. Shunga qaramay, Kone ushbu transferga qarshi bo'lgan.
Shu bilan birga, agar u fikrini o'zgartirsa, muzokaralar zudlik bilan qayta boshlanadi.
Konening o'zi Angliya Premer-ligasida o'ynashni istaydi. Avvalroq u "Arsenal"ga rozilik bergan edi, ammo "to'pchilar" "Roma" bilan muzokaralarda olg'a siljimadi. Shuningdek, "Chelsi" va "Tottenhem" ham vaziyatni o'rgangan.
O'tgan mavsumda Kone barcha turnirlarda 37 ta o'yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi va 3 ta assistni qayd etgan.