Ispaniya milliy jamoasi va Leverkuzenning «Bayer» klubi himoyachisi Alexandro Grimaldo «Atletiko» futbolchisiga aylanish arafasida turibdi.
Insayder Matteo Morettoning ma’lum qilishicha, tomonlar transferning deyarli barcha shartlari bo‘yicha kelishuvga erishgan. Agar kutilmagan holat yuz bermasa, bitim bugunning o‘zida rasman yakunlanadi.
Avvalroq Madrid klubi 30 yoshli futbolchi uchun taxminan 20 million yevro to‘lashi haqida xabarlar tarqalgandi.
Grimaldo so‘nggi uch mavsum davomida «Bayer» sharafini himoya qildi. Uning Leverkuzen klubi bilan amaldagi shartnomasi yana bir yil amal qiladi.
Ispaniyalik futbolchi yakunlangan mavsumda yuqori samaradorlik namoyish etib, 46 ta bahsda 14 ta gol va 12 ta assist qayd etdi.
Ma’lumot uchun, Alexandro Grimaldo Ispaniya milliy jamoasining asosiy chap qanot himoyachilaridan biri hisoblanadi. U 2023 yilda erkin agent sifatida «Benfika»dan «Bayer»ga o‘tgan va Germaniya klubining muvaffaqiyatlarida muhim rol o‘ynagan.