Opta superkompyuteri Jahon chempionatining guruh bosqichi 2-turidan so‘ng turnir favoritlari reytingini yangiladi.
Yangilangan prognozga ko‘ra, Argentina milliy jamoasi mundial bosh sovriniga asosiy da’vogar sifatida ko‘rsatilgan. Lionel Messi boshchiligidagi jamoa dastlab Jazoirni 3:0, keyin esa Avstriyani 2:0 hisobida mag‘lub etib, reytingda birinchi o‘ringa ko‘tarildi.
Avval yetakchilik qilgan Fransiya milliy jamoasi ikkinchi pog‘onaga tushgan bo‘lsa, Ispaniya milliy jamoasi kuchli uchlikni yakunlab turibdi.
Opta talqiniga ko‘ra JCH-2026 g‘olibligi uchun asosiy da’vogarlar:
- Argentina — 15,6%
- Fransiya — 15,1%
- Ispaniya — 12,8%
- Angliya — 10,6%
- Germaniya — 6,6%
- Portugaliya — 5,3%
- Norvegiya — 5,2%
- Braziliya — 5%
- Niderlandiya — 4,3%
- AQSH — 4%
Ma’lumot uchun, Argentina milliy jamoasi amaldagi jahon chempioni hisoblanadi. Jamoa JCH-2026 guruh bosqichining dastlabki ikki turida maksimal natija qayd etib, muddatidan avval pley-off bosqichiga yo‘l oldi.