Bugun
7
O'zbek

Lionel Messi 39 yoshni qarshi oldi

Futbol
24 iyun, 05:19
Argentina afsonasi bugun tavallud kunini nishonlamoqda.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Lionel Messi 39 yoshni qarshi oldi
Foto: Getty Images
27.06.2026, 22:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Iordaniya Iordaniya - : - Argentina Argentina

Bugun, 24 iyun kuni Argentina milliy jamoasi va «Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi 39 yoshga to‘ldi.

Messi futbol tarixidagi eng buyuk futbolchilardan biri sifatida e’tirof etiladi. U faoliyatining eng yorqin davrini «Barselona» safida o‘tkazib, Ispaniya chempionati, Chempionlar ligasi va boshqa ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan. Shuningdek, argentinalik futbolchi bir necha bor «Oltin to‘p» sovrindori bo‘lgan.

Ayni paytda davom etayotgan Jahon chempionatida ham Messi tarixiy natijaga erishdi. U mundiallar tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi. Tajribali hujumchi hisobida 18 ta gol mavjud.

Bu ko‘rsatkich bo‘yicha u Germaniya milliy jamoasining sobiq hujumchisi Miroslav Kloze va Fransiya milliy jamoasi hujumchisi Kilian Mbappeni ortda qoldirdi. Har ikki futbolchi hisobida 16 tadan gol bor.

Ma’lumot uchun, Messi 2022 yilda Argentina milliy jamoasi bilan Jahon chempionati g‘olibiga aylangan. U hozirda AQSHning «Inter Mayami» klubida faoliyat yuritmoqda va JCH-2026da Argentina milliy jamoasi sardori sifatida ishtirok etmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Iordaniya Iordaniya
  • Argentina Argentina
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar