Argentina milliy jamoasi hujumchisi Lionel Messi yaqin yillarda futbolchilik faoliyatini yakunlashni rejalashtirmayotganini ma’lum qildi.
«Ha, men hali bir muddat, yana bir necha yil futbol o‘ynashda davom etaman. Sog‘lig‘im imkon berguncha va jamoalarimga foyda keltira olsam, maydonda bo‘laman», — deya Messining so'zlarini keltirdi Fabritsio Romano.
39 yoshli futbolchi JCH-2026da ajoyib sport formasini namoyish etmoqda. Messi Argentina milliy jamoasining turnirdagi barcha beshta golida mualliflik qilgan. Shuningdek, u Avstriyaga qarshi bahsda penalti tepish imkoniyatidan foydalana olmadi.
Eslatib o‘tamiz, Argentina milliy jamoasi dastlabki ikki turda g‘alaba qozonib, muddatidan avval pley-off bosqichiga yo‘l oldi. Jamoa guruhdagi so‘nggi bahsini Iordaniya milliy jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
Ma’lumot uchun, Messi JCH tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. U mundiallar doirasida 18 ta gol urib, bu borada Miroslav Kloze rekordini ortda qoldirgan.