Bugun
7
O'zbek

Ronaldu: «Mbappe ham gol urdi»

Futbol
24 iyun, 02:58
Portugaliya milliy jamoasi forvardiga Messining yutuqlari haqida savol bilan murojaat qilishdi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Ronaldu: «Mbappe ham gol urdi»
Foto: Getty Images

Bugun 39 yoshni qarshi olgan argentinalik 5 ta gol bilan JCH-2026 to‘purarlar poygasida yetakchilik qilmoqda. Bundan tashqari Leo mundiallar tarixidagi eng yaxshi to‘purar germaniyalik Miroslav Klozeni ortda qoldirib, yakka peshqadamga aylandi.

Jahon chempionati guruh bosqichi 2-tur doirasidagi O‘zbekistonga qarshi o‘yindan (5:0) keyin jurnalistlar Ronaldudan Messi haqida so‘rashdi. Yuz ifodasi o‘zgargan Krishtianu savolga aytarli javob berishni istamadi.

«Meni boshqa futbolchilar qiziqtirmaydi», – dedi Krishtianu. «Mbappe ham gol urdi», deb qo‘shimcha qildi 41 yoshli futbolchi ketayotib.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonga qarshi bahsda Ronaldu dubl qayd etdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar