Kolumbiya milliy jamoasi Jahon chempionatidagi dastlabki ikki bahsda g‘alaba qozonib, tarixiy natijani qayd etdi.
Opta ma’lumotiga ko‘ra, kolumbiyaliklar o‘z tarixida ikkinchi marta mundialni ketma-ket ikki g‘alaba bilan boshlamoqda.
Nestor Lorenso shogirdlari JCH-2026 guruh bosqichining ilk turida O‘zbekiston milliy jamoasini 3:1 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, 2-turda Kongo DR ustidan 1:0 hisobida zafar quchdi.
Bunga qadar Kolumbiya milliy jamoasi bunday natijani faqat 2014 yilgi Jahon chempionatida qayd etgan. O‘shanda jamoa dastlab Gretsiyani 3:0, keyin esa Kot-d'Ivuarni 2:1 hisobida mag‘lub etib, chorakfinalga qadar yetib borgandi.
Ma’lumot uchun, Kolumbiya milliy jamoasi ikki turdan keyin 6 ochko bilan K guruhi peshqadami bo‘lib turibdi va muddatidan avval pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan. Jamoa guruh bosqichidagi so‘nggi bahsini Portugaliya milliy jamoasiga qarshi o‘tkazadi.