"Atletiko" hujumchisi Xulian Alvares yozgi transferlar oynasida klubini almashtirishga qat'iy qaror qilgan.
Argentinalik futbolchi faoliyatini davom ettirish bo'yicha boshqa variantlarni rad etib, faqat "Barselona"ga o'tishni istamoqda.
"Xulianing Angliyaga qaytish niyati yo'q, shuningdek, u "PSJ"ga ham borishni xohlamaydi. Uning yagona istagi — "Barselona"ga o'tish. Kataloniya klubi uni o'z safiga qo'shib olish uchun harakat qiladi. Endi ular 130-140 million yevrolik narxgacha chiqa oladimi-yo'qmi, ko'ramiz. Menimcha, "Atletiko" va "Barselona" o'rtasida muzokaralar davom etadi.
Shuningdek, futbolchining "Atletiko"da qolib ketishi ehtimoli juda past. Xulian va Diego Simeone o'zaro yaxshi chiqishmaydi", — deb yozdi Matteo Moretto X ijtimoiy tarmog'ida.
Alvares faqat "Barselona"ga o'tishni xohlaydi — manba
Futbol
24 iyun, 15:20
Argentinalik hujumchining Angliyaga qaytish niyati yo'q.
Foto: Getty Images