Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo «El Klasiko» bahslarining avvalgi nufuzi haqida fikr bildirdi.
Portugaliyalik mutaxassisning fikricha, hozirgi «Real» – «Barselona» qarama-qarshiliklari avvalgi yillardagidek katta qiziqish uyg‘otmayapti.
«Odamlar bu o‘yinlarni avvalgidek tomosha qilmayapti. O‘sha paytlarda dunyo go‘yo to‘xtab qolgandek bo‘lardi.
Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi ikonalar edi. Ular dunyoning eng yaxshi futbolchilari hisoblangan. O‘sha bahslar haqiqiy telbalik edi», — dedi Mourinyo derbyderbyderby.it nashriga.
Ma’lumot uchun, Joze Mourinyo «Real»ni ilk bor 2010–2013 yillarda boshqargan. O‘sha davrda madridliklar va «Barselona» o‘rtasidagi bahslar futbol olamining eng muhim voqealaridan biri sanalardi. Mourinyo 2026 yil yozida ikkinchi bor «qirollik klubi» bosh murabbiyi etib tayinlandi.