Bugun
7
O'zbek

«Manchester Yunayted» Germaniya milliy jamoasi himoyachisi uchun 40 million yevro taklif qiladi

Futbol
24 iyun, 08:32
Maykl Kerrik transferni ma’qullagan.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
«Manchester Yunayted» Germaniya milliy jamoasi himoyachisi uchun 40 million yevro taklif qiladi
Foto: Getty Images

Dortmundning «Borussiya» klubi va Germaniya milliy jamoasi himoyachisi Valdemar Anton «Manchester Yunayted»ning transfer maqsadlaridan biriga aylandi.

Stretford End nashrining nemis OAVlariga tayanib xabar berishicha, mankunianliklar 29 yoshli futbolchi uchun 35 million funt sterling, ya’ni qariyb 40,5 million yevro taklif qilishga tayyor.

Manbaga ko‘ra, transfer «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Karrik tomonidan ham ma’qullangan.

Antonning Dortmund klubi bilan amaldagi shartnomasi yana ikki yil amal qiladi. «Borussiya» rahbariyati esa futbolchi bilan yangi bitim tuzishni istamoqda.

Markaziy himoyachi sifatida harakat qiladigan Anton zarurat tug‘ilganda o‘ng qanot himoyasida ham o‘ynay oladi.

Ma’lumot uchun, Transfermarkt portali Valdemar Antonning transfer qiymatini 18 million yevroga baholagan. Germaniyalik futbolchi o‘tgan mavsum «Borussiya»ning himoya chizig‘idagi asosiy futbolchilardan biri bo‘lib, milliy jamoa safida ham muntazam ravishda maydonga tushib kelmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar