Bugun
7
O'zbek

Dalich: «Modrich — Xorvatiya tarixidagi eng yaxshi futbolchi»

Futbol
24 iyun, 10:00
Murabbiy yarimhimoyachining 200-o‘yinidan keyin unga yuksak baho berdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Dalich: «Modrich — Xorvatiya tarixidagi eng yaxshi futbolchi»
Foto: Getty Images
23.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Panama Panama 0 : 1 Xorvatiya Xorvatiya

Xorvatiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Zlatko Dalich Luka Modrichning yubiley uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

Panama milliy jamoasiga qarshi bahs 39 yoshli yarimhimoyachi uchun Xorvatiya safidagi 200-o‘yin bo‘ldi. Ushbu uchrashuvda xorvatlar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

«Milliy jamoa safida 200 ta o‘yin o‘tkazish — aql bovar qilmaydigan natija. Bunday marraga juda kam futbolchilar erishgan.

Butun dunyo muxlislarining unga bo‘lgan muhabbati Luka Modrichning kim ekanini yaqqol ko‘rsatib turibdi. U Xorvatiya futboli tarixiga eng yaxshi futbolchi sifatida kirgan», — dedi Dalich pianetamilan.it nashriga.

Ma’lumot uchun, Luka Modrich Xorvatiya milliy jamoasi safida Jahon chempionati kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritgan. 2018 yilda esa «Oltin to‘p» sovrinini yutib, Messi va Ronaldu hukmronligiga barham bergan edi. Hozirda tajribali yarimhimoyachi Italiyaning «Milan» klubida faoliyat olib bormoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Panama Panama
  • Xorvatiya Xorvatiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar