Bugun
7
O'zbek

Messi JCH-2030da o‘ynashi haqidagi savolga javob berdi

Futbol
24 iyun, 09:00
Argentina sardori uzoq muddatli rejalar haqida o‘ylamayotganini aytdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Messi JCH-2030da o‘ynashi haqidagi savolga javob berdi
Foto: Getty Images
22.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Argentina Argentina 2 : 0 Avstriya Avstriya

Argentina milliy jamoasi va «Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi JCH-2030da ishtirok etish ehtimoli haqida fikr bildirdi.

Bugun, 24 iyun kuni 39 yoshni qarshi olgan futbolchidan kelajakdagi rejalari va navbatdagi mundialda o‘ynash imkoniyati haqida so‘raldi.

«Bilmayman. Rostini aytsam, hozir bu haqda o‘ylamayapman. Bu juda uzoq istiqboldek tuyuladi. Avval ham aytganimdek, men bugungi kun bilan yashayman va e’tiborimni hozirgi vaziyatga qarataman», — deya Messining so'zlarini jurnalist Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, Lionel Messi Jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. Argentina milliy jamoasi sardori mundiallarda 18 ta gol urgan. Shuningdek, u 2022 yilgi Jahon chempionatida Argentina bilan bosh sovrinni qo‘lga kiritgan. Ayni paytda Messi JCH-2026da ham o‘z jamoasining asosiy yetakchilaridan biri bo‘lib turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Argentina Argentina
  • Avstriya Avstriya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar