Jahon chempionatining guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan Kongo DR va O‘zbekiston milliy jamoalari o‘rtasidagi bahsni Germaniya hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
FIFA tayinloviga ko‘ra, uchrashuv bosh hakami sifatida germaniyalik Feliks Svayer faoliyat yuritadi. Unga qanotlarda hamyurtlari Robert Kempter va Kristian Dits yordam beradi.
Shuningdek, ispaniyalik Alexandro Ernandes to‘rtinchi rasmiy hakam, Diego Sanches esa zaxira hakam vazifasini bajaradi.
O‘zbekiston milliy jamoasi va Kongo DR o‘rtasidagi bahs 28 iyun kuni AQSHning Atlanta shahridagi «Atlanta Stedium»da bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, Feliks Svayer FIFA toifasidagi tajribali hakamlardan biri hisoblanadi. U avval ham Yevropa chempionatlari, Chempionlar ligasi va Jahon chempionati saralash bosqichi bahslarida ishlagan. O‘zbekiston milliy jamoasi JCH-2026dagi guruh bosqichini aynan Kongo DRga qarshi bahs bilan yakunlaydi.