Kazuyoshi Miura professional futbolchilik faoliyatidagi 42-mavsumini o'tkazadi.
Yaponiyaning kuch jihatidan uchinchi divizionida ishtirok etuvchi «Fukusima Yunayted» klubi «Yokohama»ga tegishli 59 yoshli hujumchining ijarasi uzaytirilganini e'lon qildi.
Yangi kelishuv 2027 yilning 30 iyunigacha amal qiladi.
Avvalroq Miura Braziliya, Italiya, Xorvatiya, Avstraliya va Portugaliya klublarida ham to'p tepgan. U Yaponiya milliy jamoasi safida 89 ta o'yinda qatnashib, 55 ta gol urgan.
O'tgan mavsumda Kazuyoshi 6 ta bahsda maydonga tushdi, ammo gol yoki assist qayd eta olmadi.
59 yoshli Miura faoliyatidagi 42-mavsumini o'tkazadi
Futbol
25 iyun, 12:05
Yaponiyaning 3-divizionida o'ynaydigan klub hujumchi bilan shartnomani uzaytirdi.
Foto: Getty Images