Ispaniya milliy jamoasi va «Barselona» klubi himoyachisi Pau Kubarsi 2026 yildagi Jahon chempionati finalida Lionel Messiga qarshi maydonga tushishni orzu qilishini aytdi.
— Messiga qarshi Jahon chempionati finalida o‘ynash orzuingmi?
— Ha, bu orzu bo‘lardi. Ayniqsa, bu mening Jahon chempionati finalida o‘ynayotganimni anglatgan bo‘lardi. G‘alaba qozonish imkoniyati bo‘lardi. Agar raqib Messi bo‘lsa, bu bolalik orzularimning ushalishi bo‘lardi.
— Leo sen uchun kumirmi?
— Ha. Butun oilam «Barselona» muxlisi bo‘lgan. Bolaligimdan beri u bizning kumirimiz va namunamiz bo‘lib kelgan. Shuningdek, men u bilan shaxsan tanishishni juda xohlayman.
— Uni mag‘lub etishingiz mumkin deb o‘ylaysizmi?
— Bu — bizning oldimizda turgan aniq maqsad. Shu maqsad sari intilayapmiz, — deya Kubarsining so‘zlarini keltiradi Diario Sport.
Kubarsi: «JCH finalida Messiga qarshi o‘ynashni xohlayman»
Futbol
25 iyun, 12:55
Ispaniya milliy jamoasi himoyachisi argentinalik hujumchini kumiri sifatida aytdi.
Foto: Getty Images