"Barselona" yarimhimoyachisi Pedri "Atletiko" hujumchisi Xulian Alvaresning Kataloniya klubiga ehtimoliy transferi haqida gapirdi.
"Alvares — menga yoqadigan futbolchi. Men har doim eng yaxshi o'yinchilar "Barselona"da o'ynashini xohlaganimni aytganman.
Buning uchun ko'p narsalar sodir bo'lishi kerak. Klublarning ishlariga aralashishni istamayman. Ammo transfer amalga oshishiga umid qilaman, chunki u jamoa uchun juda foydali bo'lardi", — dedi 23 yoshli futbolchi TVE efirida.
Avvalroq argentinalik hujumchi faqat “Barsa”ga oʻtmoqchi ekanligi xabar berilgandi.
Pedri: "Alvares transferi amalga oshishiga umid qilaman"
Futbol
25 iyun, 11:40
"Barselona" yarimhimoyachisi "Atletiko" hujumchisining ehtimoliy transferi haqida gapirdi.
Foto: Getty Images