Bugun
6
O'zbek

Xoselu: «Real»dan ketish qarori butun umrim davomida o'ylantirib yuradi»

Futbol
25 iyun, 12:30
Hujumchi Madrid klubidan Qatarga yo'l olish qarori og'ir bo'lganini tan oldi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Xoselu: «Real»dan ketish qarori butun umrim davomida o'ylantirib yuradi»
Foto: Getty Images

«Real»ning sobiq hujumchisi, hozirda «Al G‘arafa» safida to‘p tepayotgan Xoselu Iker Kasilyasning Bajo los Palos podkastida Qatar klubiga o‘tish qarori unga juda og‘ir bo‘lganini tan oldi.

«Real»dan ketish qarori butun umrim davomida meni o‘ylantirib yuradi. Chunki u yerda boshdan kechirganlarimni boshqa hech qachon qayta his qila olmayman.

Ammо hozir men uchun farzandlarim, turmush o‘rtog‘im va ularning kelajagi har qanday sport masalasidan muhimroq»
, — dedi Xoselu podkastda.

36 yoshli forvard 2023/2024 yilgi mavsumda madridliklar safida o‘ynab, 49 ta bahsda 18 ta gol urgani hamda jamoa bilan YChL, La Liga va Ispaniya superkubogi g‘olibligini qo‘lga kiritgani.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar