Andre Onana "Trabzonspor"da yana bir mavsum o'tkazadi.
Turkiya klubi 30 yoshli darvozabonning yangi ijara borasida "Manchester Yunayted" bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Manchesterdiklar rahbariyati kamerunlik posbonni jamoada ko'rmayapti.
Bu safargi ijarada "Trabzonspor" pul to'laydi.
Onana o'tgan mavsumda Turkiya Superligasida 29 ta bahsda maydonga tushib, 35 bor to'p o'tkazib yubordi.
Eslatib o'tamiz, "MYU" Andreni 2023 yili "Inter"dan 50 million yevroga sotib olgandi.
Onana yangi mavsumni ham "Trabzonspor"da o'tkazadi — Romano
Futbol
25 iyun, 13:20
Turk klubi "MYU" bilan yana bir yillik ijaraga kelishuvga erishdi.
Foto: Getty Images