Madridning «Real» klubi yarimhimoyachisi Braim Dias katta ehtimol bilan jamoada qoladi.
Jurnalist Ruben Martinning xabariga ko‘ra, tomonlar hali yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni boshlamagan bo‘lsa-da, futbolchi ham, klub ham hamkorlikni davom ettirish niyatida.
Manbaga ko‘ra, yangi bitim imzolanishi faqat vaqt masalasi bo‘lib qolmoqda.
Braim Dias 2019 yilda «Manchester Siti»dan 17 million yevro evaziga «Real» safiga o‘tgandi. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan.
2025/26 yilgi mavsumda marokashlik yarimhimoyachi barcha musobaqalarda 42 ta bahsda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 9 ta assist qayd etdi.
Ma’lumot uchun, Braim Dias «Real» safida bir necha mavsumdan buyon universal yarimhimoyachi sifatida harakat qilib kelmoqda. U Marokash milliy jamoasi safida ham muntazam ravishda o‘yinlarda ishtirok etmoqda.