Bugun
6
O'zbek

Rays va Ris Jeyms Panama bilan bahsni o‘tkazib yuborishi mumkin

Futbol
25 iyun, 07:25
Angliya milliy jamoasi yetakchilari ehtiyot chorasi sifatida dam oldirilishi mumkin.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Rays va Ris Jeyms Panama bilan bahsni o‘tkazib yuborishi mumkin
Foto: Getty Images
27.06.2026, 17:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Panama Panama - : - Angliya Angliya

Angliya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Deklan Rays va himoyachi Ris Jeyms JCH-2026 guruh bosqichining 3-turida Panamaga qarshi bahsni o‘tkazib yuborishi mumkin.

The Guardian xabariga ko‘ra, har ikki futbolchi Gana bilan kechgan 2-tur uchrashuvidan (0:0) so‘ng noqulaylik his qilmoqda.

Manbaga ko‘ra, futbolchilarning jarohati jiddiy emas. Shunga qaramay, murabbiylar shtabi tavakkal qilmaslik maqsadida ularni Panamaga qarshi bahsda maydonga tushirmasligi mumkin.

Hozirda Angliya milliy jamoasi L guruhida 4 ochko bilan birinchi o‘rinda bormoqda. Xuddi shuncha ochkoga ega Gana esa ikkinchi pog‘onani egallab turibdi.

Ma’lumot uchun, Angliya milliy jamoasi guruh bosqichidagi so‘nggi bahsini 28 iyun kuni Panama milliy jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Mazkur uchrashuv pley-off yo‘llanmalari taqsimotida muhim ahamiyat kasb etadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Panama Panama
  • Angliya Angliya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar