Bugun
7
O'zbek

Ermatov: «Hozircha biz xuddi birinchi sinf o‘quvchisidekmiz»

Futbol
24 iyun, 07:55
O‘FA birinchi vitse-prezidenti Portugaliyadan uchralgan mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Ermatov: «Hozircha biz xuddi birinchi sinf o‘quvchisidekmiz»
Foto: O'FA
23.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Portugaliya Portugaliya 5 : 0 O‘zbekiston O‘zbekiston

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov Portugaliya milliy jamoasiga qarshi (0:5) bahsdan keyin milliy jamoaning hozirgi holati haqida gapirdi.

«Hisob 0:2 bo‘lib turgan paytda golimiz inobatga olinganida edi... Biroz adolatsizlik bo‘ldi, lekin bunga ham ko‘namiz.

Nima bo‘lgan taqdirda ham, biz hozir rivojlanish bosqichidamiz. Muhtaram Prezidentimiz tomonidan barcha sharoitlar yaratib berilmoqda. Bizga ozgina vaqt kerak, chunki hech narsa o‘z-o‘zidan bo‘lib qolmaydi.

Birinchi sinf o‘quvchisi to‘qqizinchi sinfdagi bola bilan raqobatlasha oladimi? Biz hozircha xuddi birinchi sinfdekmiz. Buni to‘g‘ri tushunishimiz lozim. Bu gaplar o‘zini oqlash emas, balki vaziyatni real qabul qilishdir.

Shunday kunlar keladiki, hali Portugaliya O‘zbekistondan qo‘rqib maydonga tushadigan bo‘ladi. Agar rivojlanish yo‘limizdan to‘g‘ri ketsak, bu kunlarga albatta erishamiz», — dedi Ermatov OAVga bergan intervyusida.

Shuningdek, O‘FA rahbari yosh futbolchilar rivojlanishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlarga ham to‘xtalib o‘tdi.

«Behruz Karimovning 18 yoshida shunday yuqori darajada o‘ynayotganiga butun dunyo hayrat bilan qaramoqda. Ushbu Jahon chempionati bizga nimalar ustida ishlashimiz kerakligini ko‘rsatmoqda. Bu turnir o‘sish yo‘limizdagi katta maktab vazifasini bajarmoqda», — deya qo‘shimcha qildi u.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy jamoasi JCH-2026 guruh bosqichining ikkinchi turida Portugaliyaga mag‘lub bo‘ldi. Shunga qaramay, vakillarimiz mundialdagi tarixiy ishtirokini davom ettirmoqda va navbatdagi bahsda Kongo DRga qarshi maydonga tushadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar