«Roma» hujumchisi Artyom Dovbik «Ayaks»ning qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.
Manbaga ko'ra, «bo'rilar» ukrainalik 29 yoshli futbolchini qo'yib yuborishga qarshi emas. Ammo uning transferidan Rim klubi 23 million yevro ishlab olmoqchi.
«Ayaks» esa Dovbikni ijaraga olish taklifi bilan chiqishi mumkin. Hozirda Amsterdam klubini Michel boshqaradi. U ilgari Dovbik bilan «Jirona»da birga ishlagan.
Ma'lumot uchun, Artyom o'tgan mavsumda Rim jamoasi safida barcha turnirlar doirasida 18 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta assistni qayd etgan. Og'ir jarohati tufayli mavsumning deyarli butun ikkinchi yarmini o'tkazib yuborgandi.