Live
1
O'zbek

Lutfulla Toʻrayev: "Urgangan golimiz hisoblanganda boshqacha oʻyin kutsak boʻlardi"

Eksklyuziv
24 iyun, 11:46
Tribuna.uz muxbiri milliy jamoaning sobiq futbolchisi bilan Portugaliyaga qarshi bahs borasida suhbatlashdi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Lutfulla Toʻrayev: "Urgangan golimiz hisoblanganda boshqacha oʻyin kutsak boʻlardi"
Фото: Нефтчи ПФК
23.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Portugaliya Portugaliya 5 : 0 O‘zbekiston O‘zbekiston

Oʻzbekiston milliy jamoamiz jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinini Portugaliyaga qarshi oʻtkazdi. Juda kuchli raqibga qarshi oʻyinda 5:0 hisobida magʻlubiyatga uchradik.

Milliy jamoamizning sobiq futbolchisi Lutfulla Toʻrayev bilan mazkur uchrashuv borasida suhbatlashdik.

- Oʻyin biz uchun yaxshi yakunlanmadi. Bunday ogʻir oʻtgan uchrashuvdan keyin nimalar deya olasiz?

- Ha, albatta, biz uchun yaxshi yakunlanmadi. Lekin nima ham deya olamiz? Portugaliya jahon chempioni boʻlish uchun da'vogar jamoa hisoblanadi.

- Nima deb oʻylaysiz, magʻlubiyatimiz uchun asosiy sabab nimada boʻldi?

- Oʻylashimcha, juda tezkor gol oʻtkazib yubordik.

- Ikkita oʻyinda darvozamizdan 8 ta gol oʻtkazib yubordik. Ikkala uchrashuvda ikkita darvozabon maydonga tushirildi. Buni qanday izohlagan boʻlardingiz?

- Hozirda bizdagi barcha darvozabonlarni hammalari yaxshi saviyadagi posbonlar. Ammo uchrashuvdagi ikkinchi golni Abduvohid qaytarsa boʻlardi, deb oʻylayman.

- Portugaliyaning bosimiga dastlabki daqiqalardan dosh bera olmadik. Futbolchilar ruhiy oʻradan chiqishi qiyin kechdi. Bunga raqibning oʻta tajribali ekani qoʻl keldimi?

- Tajriba borasida savol-javob boʻlishi mumkin emas. Ha, juda kuchli jamoa. Shu bois golni juda tez oʻtkazdik. Bizni urgangan golimizni hisoblashganda boshqacha oʻyin kutsak boʻlardi.

- Asosiy tarkib toʻgʻri tanlangandi, deb oʻylaysizmi?

- Ha, menimcha asosiy tarkib toʻgʻri tanlangan edi. Akmal Mozgovoyni bu safar ham yana asosiy tarkibda maydonga tushadi, deb kutgandim.

- Ikkita oʻyindan keyin xulosalaringiz qanday boʻldi?

- Bizni bu birinchi marta jahon chempionatida qatnashishimiz. Hozir bir nima deb yigitlarni qorolab boʻlmaydi. Bu jahon chempionati. Bizga juda katta tajriba, deb oʻylayman.

- Oʻyindan oldin qanday natijani kutayotgandingiz?

- Unchalik katta natija kutmadim. Ammo bunday katta hisob boʻlishini ham kutmagandim.

- Bosh murabbiyning milliy jamoamizdagi ishiga qanday baho berasiz?

- Bahoni nasib qilsa, Osiyo Kubogidan keyin beramiz.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar