Live
2
O'zbek

Taekvondo. Oʻzbekistonlik sablyachi qizlar Osiyo chempionatida bronza medallariga sazovor boʻlishdi

Boshqa sportlar
24 iyun, 12:20
Hindistondagi musobaqada navbatdagi medal qoʻlga kiritildi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Taekvondo. Oʻzbekistonlik sablyachi qizlar Osiyo chempionatida bronza medallariga sazovor boʻlishdi
Foto: Olympic uz

Qilichbozlik boʻyicha Oʻzbekiston jamoasi Hindistonda oʻtayotgan Osiyo chempionatida yana bir bronza medaliga sazovor boʻldi.

Ayollar oʻrtasida jamoaviy sablya dasturida qatnashgan Oʻzbekiston vakillari yarim finalda Janubiy Koreyaga imkoniyatni berishdi va bronza medallari bilan taqdirlanishdi.

Musobaqada Zaynab Dayibekova, Guliston Perdibayeva, Fernanda Errera hamda Ayoqoz Jumamuratova ishtirok etishdi.

Gulistan Perdibayeva avvalroq yakkalik bahslarida ham sovrindorlar qatoridan joy olgandi.

Turnir davomida Osiyo qilichbozlik konfederatsiyasi tomonidan 2024/2025 yilgi mavsum laureatlari ham taqdirlandi. Unda oʻzbekistonlik Dilrom Turdiqulova shpaga dasturidagi eng yaxshi hakam deb topildi.

Bugungi yangiliklar