Live
2
O'zbek

«Liverpul» Ratsiuni oʻz safiga qoʻshib olmoqchi

Futbol
24 iyun, 14:02
Himoyachiga «Barselona» ham qiziqmoqda.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
«Liverpul» Ratsiuni oʻz safiga qoʻshib olmoqchi
Фото: Getty Images

«Rayo Valekano»ning oʻng qanot himoyachisi Andrey Ratsiu faoliyatini «Liverpul»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Fussballdaten xabar bermoqda.

Manba ma'lumotiga koʻra, ruminiyalik 28 yoshli futbolchining Madrid klubi bilan shartnomasida 25 million yevro miqdorida tovon puli belgilangan, ammo «Liverpul» narxni 20 milliongacha tushirmoqchi.

Shuningdek, himoyachiga «Barselona» ham qiziqmoqda, bu haqda bahorda ham xabar berilgan edi.

Oʻtgan mavsumda Ratsiu barcha turnirlarda 50 ta oʻyinda maydonga tushib, bitta gol urdi hamda toʻrtta golli uzatmaga muallif boʻldi.

Ratsiuning «Rayo Valekano» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning oʻrtalariga qadar moʻljallangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
Bugungi yangiliklar