«Borussiya D» yarimhimoyachisi Feliks Nmecha faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Grem Beyli xabar berdi.
Manbaga ko'ra, «Liverpul» klubi ham germaniyalik 25 yoshli futbolchi uchun kurashga qo'shilgan.
Xabar qilinishicha, «arilar» Nmechani 120 million yevro evaziga qo'yib yuborishga tayyor.
Shuningdek, yarimhimoyachiga «Real», «Manchester Siti», «Chelsi» va «Manchester Yunayted» ham qiziqish bildirmoqda.
O'tgan klub mavsumida Feliks barcha turnirlar hisobga olinganda 42 ta uchrashuvda maydonga tushib, beshta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt mutaxassislari futbolchining narxini 50 million yevroga baholamoqda.