Live
1
O'zbek

Uodd: «Liverpul» yana chempion bo'lishni istasa, van Deykka o'rinbosar topishi kerak»

Futbol
20 iyun, 13:00
Sobiq futbolchi niderlandiyalik himoyachining zaif nuqtalarini oshkor qildi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Uodd: «Liverpul» yana chempion bo'lishni istasa, van Deykka o'rinbosar topishi kerak»
Фото: Getty Images

Angliya milliy jamoasining sobiq futbolchisi Kris Uodd «Liverpul» himoyachi Virjil van Deykka munosib o‘rinbosar izlashi kerak deb hisoblaydi.

«Virjil van Deyk yosh emas, shunday emasmi? «Liverpul»ga uning o‘rnini bosa oladigan futbolchi kerak. Ochig‘ini aytganda, o‘tgan mavsumda «Liverpul»ning eng zaif bo‘g‘ini aynan markaziy himoya edi.

Klub van de Venga e’tibor qaratishi kerak deb o‘ylayman, chunki u juda tezkor va kuchli futbolchi. U – sifatli markaziy himoyachi. To‘g‘ri, uning son mushaklarida tez-tez jarohatlar bo‘lib turadi, lekin agar u sport formasida bo‘lsa, klublar unga katta qiziqish bildiradi. Agar «Liverpul» yana chempion bo‘lishni istasa, uni almashtirishi kerak», — deya Uoddning so‘zlarini keltirmoqda Tribal Football.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
Bugungi yangiliklar