Live
1
O'zbek

Mourinyo Vinisiusning ketishiga qarshi emas

Futbol
24 iyun, 12:00
«Real» braziliyalik futbolchi bilan shartnoma borasida qat’iy pozitsiyani egallagan.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Mourinyo Vinisiusning ketishiga qarshi emas
Foto: Getty Images

Madridning «Real» klubi hujumchisi Vinisius Junior yozgi transferlar oynasida jamoani tark etishi mumkin.

Jurnalist Ignasio Sanchesning xabar berishicha, «qirollik klubi» braziliyalik futbolchiga shartnomani uzaytirish bo‘yicha faqat bitta rasmiy taklif bermoqchi. Taklif shartlari esa futbolchi va uning vakillari kutayotgan darajadan ancha past bo‘ladi.

Manbaga ko‘ra, madridliklar hozircha Vinisiusga boshqa klublardan aniq takliflar yo‘qligini yaxshi biladi.

Shuningdek, «Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo futbolchini imkon qadar tezroq sotish yoki hech bo‘lmaganda yangi shartnoma taklif qilishdan oldin uning mavsum davomidagi samaradorligini kuzatishni ma’qul ko‘rmoqda.

Portugaliyalik mutaxassisning fikricha, agar Vinisius 2027 yil yozida erkin agent sifatida jamoani tark etsa ham, futbolchining transferiga sarflangan mablag‘ allaqachon o‘zini oqlab bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Vinisius Junior 2018 yildan buyon «Real» safida to‘p tepmoqda. Braziliyalik hujumchi klub bilan bir necha bor La Liga va Chempionlar ligasi sovrinlarini qo‘lga kiritgan hamda jamoaning asosiy yetakchilaridan biri sifatida e’tirof etiladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar