Braziliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jahon chempionati guruh bosqich 3-tur doirasidagi Shotlandiyaga qarshi o‘yin (3:0)dan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
«Hozir biz haqiqiy jamoa sifatida o‘ynayapmiz, bu esa asosiy maqsadimiz edi. Biz mukammal emasmiz, hali yaxshilashimiz kerak bo‘lgan jihatlar bor. To‘p nazorati bizda bo‘lgan paytlarda tezroq harakat qilishimiz mumkin.
Men xursandman, chunki jamoa ancha yaxshilandi va hozir juda kuchli ko‘rinyapmiz. Pley-off bosqichida kuchli bo‘lish juda muhim. Bizda aynan shunday jamoa bor.
Birinchi o‘yinga nisbatan xatolar kamaydi, temp oshdi va hujumda samaradorlik yaxshilandi», — dedi Anchelotti.
Ma'lumot o‘rnida, braziliyaliklar guruhda 7 ochko to‘plab, S guruhida 1-o‘rinni egallagan holda pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.