Shveytsariya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Yoxan Manzambi Kanadaga (2:1) qarshi o'yindan so'ng uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sifatida e'tirof etildi.
20 yoshli futbolchi jamoasining har ikkala golida bevosita ishtirok etdi: dastlab u golli uzatmani amalga oshirgan bo'lsa, keyinroq o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi.
O'yindan so'ng Manzambiga eng yaxshi futbolchi uchun beriladigan maxsus sovg'a topshirildi.
Eslatib o'tamiz, Murat Yakin jamoasi Kanadani yengib, pley-off ishtirokchisiga aylandi.