Marokash milliy jamoasi yarimhimoyachisi Ismoil Saybari Gaitiga qarshi bahsda gol urishga muvaffaq bo'ldi.
MisterChip ma'lumotiga ko'ra, Saybari jahon chempionati tarixida dastlabki uchta o'yinining har birida gol urgan ilk UEFA yoki KONMEBOLdan tashqari konfederatsiya vakiliga aylandi. Bu turnir tarixidagi noyob ko'rsatkich hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, Ismoil yangi mavsumni "Bavariya"da boshlashi kutilmoqda. U allaqachon Myunxen klubi bilan kelishuvga erishgan.
Ma'lumot uchun, jahon chempionatining guruh bosqichi 11–27 iyun kunlari bo'lib o'tadi.