Marokash milliy jamoasi yarimhimoyachisi Ismoil Saybari jahon chempionati 2-turidan o'rin olgan Shotlandiyaga (1:0) qarshi bahsdan so'ng o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
Eslatib o'tamiz, futbolchi ushbu o'yinda gol muallifiga aylandi. Bu uning turnirdagi ikkinchi goli hisoblanadi.
"Bu faoliyatimdagi eng yaxshi lahza. Jahon chempionatida o'z mamlakating uchun o'ynash — har bir futbolchining orzusi va men ikkita o'yinda ikkita gol urib, buni amalga oshira oldim. Brahim Diasning to'p uzatish mahorati yuqori darajada, bu uzatmalarni golga aylantirish esa mening ishim", — deya Saybarining so'zlarini keltiradi FIFA rasmiy sayti.
Ma'lumot uchun, S guruhining 1-turida Marokash Braziliya bilan durang o'ynadi (1:1). So'nggi turda marokashliklar 25 iyun kuni Gaiti bilan bellashadi.