«Strasburg» klubi bosh murabbiyi Gari O'Nil yaqin orada faoliyatini «Ipsvich Taun»da davom ettirishi kutilmoqda. Bu haqida insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaning ma'lum qilishicha, Angliya klubining ingliz mutaxassisi bilan hamkorlik borasidagi muzokaralari yakuniy bosqichga kelgan.
Bunga qadar u Premer-ligada «Bornmut» va «Vulverhempton» klublarida bosh murabbiy sifatida muvaffaqiyatli faoliyat olib borgan edi.
Eslatib o'tamiz, Saffolk grafligi jamoasini avvalroq Kiran Makenna boshqargan edi. U ortda qolgan mavsum yakunlariga ko'ra jamoani Angliya Premer-ligaga olib chiqdi va shundan so'ng faoliyatida tanaffus qilishni istab, klubni tark etdi.