Bugun
7
O'zbek

Romanioli – "As Sadd" futbolchisi (Romano)

Futbol
24 iyun, 18:47
Tez orada u yangi jamoasi uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Romanioli – "As Sadd" futbolchisi (Romano)
Фото: Getty Images

"Latsio" himoyachisi Alessio Romanioli faoliyatini Yaqin Sharqda davom ettiradi.

Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, Qatarning "As Sadd" jamoasi italiya 30 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolab bo'lgan. Tez orada u yangi jamoasi uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi.

Romanioli so'nggi 4 mavsumni "Latsio"da o'tkazdi va Mauritsio Sarri qo'l ostida himoya chizig'ining asosiy figuralaridan biri edi. O'tgan mavsumda u barcha turnirlarda 37 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.

Ma'lum bo'lishicha, "Latsio" Romaniolining transferidan taxminan 3 million yevro tovon puli oladi. Futbolchining yangi klubidagi yillik maoshi esa 6 million yevroni tashkil etadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Al-Sadd Al-Sadd
Bugungi yangiliklar