Vinisius Junior jahon chempionati guruh bosqich 3-tur doirasidagi Shotlandiyaga qarshi o'yin (0:3)da uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
«Real» vingeri bellashuvning birinchi taymida dubl muallifi bo'ldi. Shuningdek, u darvoza tomon 10 ta zarba yo'lladi, 30 ta uzatmaning 25 tasini aniq amalga oshirdi (83 foiz) hamda raqib jarima maydonida 13 marta to'pga tegdi. Bu ko'rsatkich har ikki jamoa futbolchilari orasida eng yuqorisi bo'ldi.
Qo'shimchasiga, Vinisius ketma-ket uchinchi marta Braziliya milliy jamoasi ishtirokidagi bahsning eng yaxshi futbolchisi sifatida e'tirof etildi. U bundan avval Marokash (1:1) va Gaiti (3:0)ga qarshi o'yinlardan keyin ham ushbu mukofotni qo'lga kiritgandi.
Ma'lumot o'rnida, futbolchi jahon chempionati doirasidagi 3 ta o'yinda 4 gol urib, 1 assist amalga oshirdi.