Braziliya milliy jamoasi mundiallar tarixida 50 ta quruq o'yin o'tkazgan ilk jamoaga aylandi. Bu haqda Opta statistik portali xabar berdi.
Jahon chempionati guruh bosqich 3-turida braziliyaliklar Shotlandiyani yirik hisobda mag'lub etdi — 3:0. Karlo Anchelotti shogirdlari guruhda 7 ochko to'plab, 1-o'rinni egalladi va ishonchli tarzda pley-off bosqichiga yo'l oldi.
Ma'lumot o'rnida, ushbu nufuzli turnir AQSH, Kanada va Meksika yashil maydonlarida o'tkazilmoqda. Amaldagi jahon chempioni esa Argentina milliy jamoasi hisoblanadi.