Bugun
6
O'zbek

Hakimi — afrikalik futbolchilar orasidagi mundiallar tarixida eng koʻp oʻyin oʻtkazgan futbolchi

Futbol
25 iyun, 01:50
Hozirga qadar Ashraf jahon chempionatlarida jami 13 ta oʻyinda maydonga tushgan.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Hakimi — afrikalik futbolchilar orasidagi mundiallar tarixida eng koʻp oʻyin oʻtkazgan futbolchi
Foto: Getty Images
24.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Marokash Marokash 4 : 2 Gaiti Gaiti

Marokash milliy jamoasi himoyachisi Ashraf Hakimi Afrika futbolida jahon chempionatlari boʻyicha yangi rekord oʻrnatdi.

Futbolchi afrikalik futbolchilar orasidagi mundiallar tarixida eng koʻp oʻyin oʻtkazgan futbolchiga aylandi. Bu natijaga erishishida Marokash milliy jamoasining 2022 yildagi muvaffaqiyatli ishtiroki katta ahamiyat kasb etdi. Oʻshanda marokashliklar yarimfinalgacha yetib borib, 7 ta uchrashuv oʻtkazgandi.

Hozirga qadar Hakimi jahon chempionatlarida jami 13 ta oʻyinda maydonga tushgan: Rossiyadagi mundialda 3 ta, Qatardagi turnirda 7 ta va hozircha yana 3 ta bahsda.

Avvalroq Hakimi Afrika tarixidagi eng sovrindor futbolchiga aylangani maʼlum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Marokash Marokash
  • Gaiti Gaiti
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar