Bugun
6
O'zbek

Messi, Vinisius va Undav JCH-2026ning eng sermahsul futbolchilari bo‘lib turibdi

Futbol
25 iyun, 04:03
Uch futbolchi «gol+pas» tizimida 5 tadan natijali harakat qayd etgan.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Messi, Vinisius va Undav JCH-2026ning eng sermahsul futbolchilari bo‘lib turibdi
Foto: Getty Images

JCH-2026da «gol+pas» tizimi bo‘yicha eng yaxshi natija hozircha Lionel Messi, Vinisius Junior va Deniz Undavga tegishli.

Argentina milliy jamoasi sardori Messi ikki bahsda 5 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Braziliyalik Vinisius Junior esa uch o‘yinda 4 ta gol va bitta assist qayd etgan.

Germaniya milliy jamoasi hujumchisi Deniz Undav hisobida esa ikki bahsda 3 ta gol va 2 ta assist bor.

Ularning ortidan 4 tadan natijali harakat bilan Kilian Mbappe (4 gol), Erling Holand (4 gol), Aleksander Isak (1 gol va 3 assist) hamda Yoan Manzambi (3 gol va 1 assist) joy olgan.

Ma’lumot uchun, JCH-2026 guruh bosqichi yakunlanish arafasida turibdi. Turnirning eng yaxshi to‘purari va eng sermahsul futbolchisi uchun kurash pley-off bosqichida ham davom etadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar