Live
1
O'zbek

«Fenerbahche» Kartalni yana bosh murabbiy etib tayinladi

Futbol
18 iyun, 09:45
Tajribali mutaxassis Istanbul klubini to‘rtinchi bor boshqaradi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
«Fenerbahche» Kartalni yana bosh murabbiy etib tayinladi
Foto: Getty Images

Turkiyaning «Fenerbahche» klubi Ismoil Kartalni jamoa bosh murabbiyi etib tayinladi. Bu haqda Fanatik nashri xabar berdi.

65 yoshli mutaxassis bilan bir yillik shartnoma imzolandi. Kartal uchun bu Istanbul klubi boshqaruvidagi to‘rtinchi faoliyat davri bo‘ladi.

Domeniko Tedeskoning ketishidan so‘ng «Fenerbahche» rahbariyati uzoq vaqt yangi murabbiy qidirdi. Yakunda klub muxlislariga yaxshi tanish bo‘lgan Kartal variantida to‘xtaldi.

Mutaxassisga sobiq hujumchi Dirk Kyuyt yordam beradi. Niderlandiyalik futbolchi murabbiylar shtabida birinchi assistent lavozimini egallaydi.

«Fenerbahche»ga qaytish men uchun katta sharaf. Muxlislarimizning ishonchini oqlash uchun bor kuchimni beraman. Bizning muxlislar oldidagi qarzimiz — chempionlikni qo‘lga kiritish», — dedi Kartal tayinlovdan so‘ng.

Murabbiy avvalgi faoliyati haqida ham eslatib o‘tdi. Uning qo‘l ostida «Fenerbahche» Turkiya chempionatida rekord darajadagi 99 ochko to‘plab, 99 ta gol urgan edi.

O‘tgan mavsumda Istanbul klubi Superligada ikkinchi o‘rinni egalladi va chempion «Galatasaroy»dan 4 ochko ortda qoldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fenerbahche Fenerbahche
Bugungi yangiliklar